Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Sergeli IIO FMB podpolkovnigi koronavirusdan vafot etdi

A A A
Sergeli IIO FMB podpolkovnigi koronavirusdan vafot etdi

Koronavirusga chalingani tasdiqlangan yana bir ichki ishlar organi xodimi 12 iyul kuni vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov «Daryo»ga ma’lum qildi.

«IIV rahbariyati va shaxsiy tarkibi Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash guruhi katta mutaxassis-muhandisi podpolkovnik Abdulaziz Abduvahobovich Toshev ning vafoti munosabati bilan marhumning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi», — deyiladi IIV matbuot xizmati tomonidan 16 iyul kuni e’lon qilingan ta’ziyanomada.

IIV matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, podpolkovnik Abdulaziz Toshev boshqa kasallikdan davolanish maqsadida kasalxonaga yotqizilgan, u davolanish davomida koronavirusga ham test topshirgan va test musbat natija bergan. Podpolkovnik Toshev 15 iyul kuni 42 yoshga to‘lgan bo‘lardi.

Kiritildi: 10:43 16.07.2020. O'qildi: 3634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!