Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Serbiya va Rossiya gaz bo‘yicha bitimni yangiladi

Serbiya va Rossiya gaz bo‘yicha bitimni yangiladi

Serbiya Rossiya bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani yana uch oyga uzaytirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchichga tayanib, TRT World xabar berdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, yangi kelishuv 31 martga qadar amal qiladi. Serbiya uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bir paytda, ushbu qisqa muddatli hujjat qish mavsumini talafotsiz o‘tkazishga xizmat qiladi.

“Biz gaz yetkazib berishni yana uch oyga, ya’ni 31 martga qadar uzaytirishga kelishib oldik. Odamlar o‘zlarini xavfsiz his qilishlari va xotirjam uxlashlari mumkin. Serbiyada kelayotgan qish uchun yetarli miqdorda elektr energiyasi va gaz bo‘ladi”, dedi Vuchich.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Serbiyaga kuniga 6 million kubometr gaz yetkazib beradi. Gazning har 1000 kubometri uchun narx taxminan 290 yevro qilib belgilangan, bu esa 360 yevrolik bozor narxidan sezilarli darajada arzon.

Serbiya Rossiya gaziga kuchli darajada qaram bo‘lib qolmoqda. 2025-yilning yozida uch yillik shartnoma muddati tugagach, tomonlar hali uzoq muddatli kelishuvga erisha olgani yo‘q. Serbiya Ozarbayjondan gaz import qilsa-da va o‘zida ham oz miqdorda qazib olsa-da, bu Rossiya yetkazib beradigan hajmni qoplash uchun yetarli emas.

Kiritildi: 22:26 24.12.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!