Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Shimoliy Makedoniya hukumatiga tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Vuchich Serbiyada 18 martni motam kuni deb e’lon qilishni taklif qilgan.
Shimoliy Makedoniyaning Kochani shahridagi tungi klubda 16 martga o‘tar kechasi konsert vaqtida yong‘in sodir bo‘ldi.
Vuchich fojia munosabati bilan respublika prezidenti Gordana Silyanovska-Davkovaga hamdardlik bildirganini aytdi. U shuningdek, "Instagram"da Serbiya nomidan "vertolyotlar va boshqa tibbiy transportlarni yuborish", shuningdek, Kochanidagi jabrlanganlarga Serbiyadagi kasalxonalarda joylashtirish uchun tibbiy guruhlarni taklif qilganini aytdi.
"Prezidentga fojia munosabati bilan 18 martni Serbiyada motam kuni deb e’lon qilishini ma’lum qildim va qardosh Shimoliy Makedoniya xalqi hamisha ko‘rsatgan kuch va birdamlik bilan bu buyuk fojiani yengib o‘tib, tiklanish yo‘lini topishiga ishonch bildirdim”, — dedi Serbiya rahbari.