Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Serbiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Serbiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich 28–31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi.

Tomonlar mashinasozlik, agrosanoat, farmasevtika, axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, turizm kabi sohalarda sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar. Shuningdek, tartibli mehnat migrasiyasi, madaniy-gumanitar almashinuv va ta’lim sohalaridagi hamkorlik yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqiladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash kutilmoqda.

Aleksandr Vuchich, faxriy mehmon sifatida, shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.

Kiritildi: 11:38 28.10.2025. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!