Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real"ning sobiq futbolchisi qamoqxonada hech qanday imtiyozga ega emas

"Real"ning sobiq futbolchisi qamoqxonada hech qanday imtiyozga ega emas

2024 yilda "Milan" va "Real"ning sobiq hujumchisi guruh bo‘lib zo‘rlashda ishtirok etgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Braziliyada hibsga olinganidan keyin u jazoni Tremembe qamoqxonasida o‘tamoqda.

Sobiq futbolchi mintaqadagi sud tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Tavbate" jamoatchilik kengashi tomonidan e’lon qilingan videoda qamoqxona sharoitlari haqida gapirdi.

"Mening ovqatlanishim, uyqu rejimim - bularning barchasi boshqa mahbuslarniki bilan bir xil. Men hech qachon boshqa ovqat yemaganman, menga hech qachon boshqacha munosabatda bo‘lishmagan. Ishlash navbati menga kelganda, bu yerda hamma mahbuslar qilgan ishni men ham qilaman. Biz futbol o‘ynamoqchi bo‘lsak, ishdan bo‘sh yakshanba kuni o‘ynashga ruxsat berishadi.

Men hech qachon imtiyozlarga ega bo‘lmaganman. Uchrashuvlar shanba yoki yakshanba kunlari belgilanadi. Xotinim yolg‘iz kelmasa, bolalarim bilan keladi. Tashrif va davolanish hamma uchun bir xil. Menda rahbarlik roli borligi, psixologik muammolar borligi haqida tarqatilayotgan yolg‘onlar asossiz. Menda hech qachon bunday bo‘lmagan, hech qachon dori ichmaganman, Xudoga shukr.

Jazoni ijro etish muassasasida bo‘lishning qiyinchiliklariga qaramay, Xudoga shukr, menda har doim hamma narsa joyida bo‘lgan va men barcha mahbuslar qila oladigan hamma narsani qilaman", deydi Robinyo.

Kiritildi: 18:00 29.10.2025. O'qildi: 978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!