Bu haqda AQSh Davlat departamenti rahbari o‘rinbosari Kristofer Landau o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.
"Janob Vazir, mamlakatingizga juda samarali va muvaffaqiyatli tashrif uchun katta rahmat. Bu tashrif kelasi hafta Vashingtonda prezidentlarimiz o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuv uchun yo‘l ochishga yordam beradi. Bizga o‘zbekona mehmondo‘stlikning ajoyib namunasini ko‘rsatdingiz", — deb post qoldirdi Landau.