Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Serbiya prezidenti uchinchi muddatga saylanmaslikka va’da berdi

Serbiya prezidenti uchinchi muddatga saylanmaslikka va’da berdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 13 avgust kuni yana prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun mamlakat konstitusiyasini o‘zgartirmoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Belgradda Avstriya kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Men siyosiy faxriyman, endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ya olmayman va nomzodimni qo‘yishda davom etish uchun konstitusiyani o‘zgartirish xayolimga ham kelmayapti. Men Avstriya OAVga ko‘ra siz tasavvur qilganingizdek diktator emasman, bir yarim yildan keyin prezidentlik faoliyatimni yakunlayman», — dedi Vuchich avstriyalik jurnalistning savoliga javoban.

Serbiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u kelgusida ham siyosiy faoliyatda ishtirok etishda davom etadi, biroq hozir qanday pozisiyani egallashini ochiqlamadi.

55 yoshli Vuchich Serbiya prezidenti lavozimini 2017 yil iyunidan buyon egallab kelmoqda, u 2022 yil aprelida ikkinchi muddatga qayta saylangandi. Bungacha Vuchich 2014 yildan 2017 yilgacha Serbiya hukumatini boshqargan.

2006 yilgi Serbiya konstitusiyasiga ko‘ra, prezident 5 yil muddatdan ko‘pi bilan ikki marta saylanadi.

Kiritildi: 23:35 13.08.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!