Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Serbiya Kreml bilan aloqador rossiyaliklarga ommaviy ravishda pasport bermoqda – “Vajnie istorii”

Serbiya Kreml bilan aloqador rossiyaliklarga ommaviy ravishda pasport bermoqda – “Vajnie istorii”

"2022 yil boshidan beri Serbiya 200 dan ortiq rossiyalikka “respublika manfaatlari uchun”degan asos bilan pasport bergan. Ular orasida sportchilar, IT mutaxassislari va san’at arboblari, shuningdek, Rossiya mudofaa sanoati majmuasi, oligarxlar, davlat korporasiyalari va hatto maxsus xizmatlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan o‘nlab rossiyaliklar ham bor", deya xabar bermoqda nashr jurnalistlarning surishtiruvlariga asoslanib.

“Vajnie istorii”ning xabar berishicha, “Rossiya Temir yo‘llari” xavfsizlik xizmati boshlig‘i va oligarxlar Arkadiy hamda Boris Rotenberglarning sobiq xavfsizlik xizmati rahbari Viktor Shendrik ham Serbiya pasportini olgan. Tergov mualliflarining yozishicha, u “Espanyola” futbol jamoasining neonasist fanatlari bo‘linmasini moliyalashtiradi va bu bo‘linma Ukrainaga qarshi jang qilmoqda.

Serbiyaning “yangi fuqarolari” orasida bosib olingan Mariupol va Severodoneskda faoliyat yuritayotgan “R-stroy” kompaniyasining ta’sischilaridan biri Ivan Sibirev, shuningdek, chechenistonlik bokschi Sumayd Xolidov ham bor. Xolidov Grozniyda Ramzan Qodirov homiyligida Ahmad Qodirov sharafiga boks turnirini tashkil etgan edi.

Qayd etish joizki, Serbiya fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga va boshqa o‘nlab davlatlarga vizasiz kirish imkoniyatiga ega hisoblanadi.

Kiritildi: 21:50 16.04.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!