Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Sentyabr oyining boshidan besh kun ichida fuqarolardan 304 ta pichoq va 4 bitalar topildi

A A A
Sentyabr oyining boshidan besh kun ichida fuqarolardan 304 ta pichoq va 4 bitalar topildi

Fuqarolar pichoqlarni ustki kiyimlarinin cho‘ntaklarida, avtomobil salonida saqlab yurishgan. Ba’zi fuqarolarda hatto ikki-uchtadan pichoqlar bo‘lgan. Aksariyat pichoqlar qo‘lda yasalgan bo‘lib, ro‘zg‘or ishlariga yaramaydi. Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan barcha pichoqlar insonga zarar yetkazish maqsadida olib yurilgan.
11 sentyabr kuni davomida Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan bozorlarga, xiyobonlarga kelgan va ko‘chalarda yurgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan 80 ta pichoqlar hamda bir nechta kastet va bitalar topildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 9 moddasiga ko‘ra:
o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni olib yurish;
itinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilganda, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan, alkogolli mahsulotlar realizasiya qilinadigan joylarda, ta’lim, tibbiyot muassasalarida hamda qurol olib yurish taqiqlangan boshqa jamoat joylarida bo‘lgan vaqtda, shuningdek alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda fuqaroviy qurolni olib yurish taqiqlanadi.

Kiritildi: 23:01 13.09.2020. O'qildi: 4344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!