Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Senegalda vazirlar va yuqori martabali amaldorlarning xorijiy safarlari cheklandi

Senegalda vazirlar va yuqori martabali amaldorlarning xorijiy safarlari cheklandi

Senegal hukumati neft narxlari keskin oshgani sabab vazirlar va yuqori martabali amaldorlarning xorijiy safarlarini chekladi — Reuters.

Senegal bosh vaziri Usmon Sonko mamlakatni “o‘ta og‘ir kunlar” kutayotganini aytdi. U energiya narxlarining oshishi davlat byudjetiga bosimni kuchaytirayotganini bildirdi.

"Meni hukumatimning hech bir vaziri, agar gap bizning amaldagi faoliyatimiz bilan bog‘liq bo‘lgan zarur missiya haqida ketmasa, mamlakatni tark etmaydi", — deya ta’kidladi Usmon Sonko.

Bosh vazir, shuningdek, Niger, Ispaniya va Fransiyaga rejalashtirilgan safarlarini bekor qilganini ma’lum qildi. Sonko kelasi hafta rasmiylar vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni e’lon qilishini aytdi.

Narxlarning oshishi AQSh va Isroil hujumlariga javoban Eron tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining bloklanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu jahon bozoriga neft hamda gaz yetkazib berilishiga putur yetkazdi va narxlarning keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Bunga javoban dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlar hukumatlari salbiy ta’sirni kamaytirish uchun yonilg‘i narxlarini oshirish, subsidiyalar joriy etish va masofadan ishlashga o‘tish jabi choralarni joriy etmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:44. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!