Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Senatorlar «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi

Senatorlar «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi qonunni rad etdi

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Ayni Senatning yalpi majlisi davom etmoqda.

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishda qayd etilganidek, iqtisodiyotning globallashuv, xo‘jaliklararo, davlatlararo aloqalar rivojlanayotgan hamda mintaqaviy va xalqaro darajalarda qonunchilik birxillashtirilayotgan bir sharoitda ham milliy, ham xalqaro darajada bozor munosabatlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan xalqaro arbitraj tijorat nizolarini hal etishning muqobil, suddan tashqari shakli sifatida tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Shularni inobatga olib, mazkur qonun zarurati bir qator omillar bilan asoslanadi.

Biroq, senatorlar ta’kidlaganidek, qonunda qator konseptual kamchiliklar mavjud. Masalan, qonunning 3-moddasida uning qo‘llanilish sohasi belgilangan bo‘lsa-da, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan.

Shuningdek, 6-moddada qonunning qo‘llanilish sohasini batafsil izohlash o‘rniga hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajiga topshirilishi mumkin bo‘lgan nizolar sanab o‘tilgan. Bu va boshqa kamchiliklar tufayli Qonunni jiddiy takomiliga yetkazish zarurligi ta’kidlandi. Qonun senatorlar tomonidan rad etildi.

Kiritildi: 13:07 28.02.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!