Oliy Majlis Senatining ellik sakkizinchi yalpi majlisi 30 sentyabr kuni chaqiriladi, deya xabar bermoqda yuqori palata matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan
Xususan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikasiya qilish haqidagi qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.
Shuningdek, senatorlar Senat kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.