Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Senatda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha qonun loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Senatda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha qonun loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

AQSh Senatida Rossiya Federasiyasining muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda UNIAN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qonun loyihasini Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiya a’zosi, demokrat Sheldon Uaythaus va Senatning xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi, respublikachi Jim Rish ishlab chiqqan.

Qonun doirasida Rossiyaning AQShda saqlanayotgan 5 milliard dollarlik suveren aktivlari foizli hisob raqamga o‘tkaziladi. Natijada Ukrainaga har 90 kunda 250 million dollar yo‘naltiriladi.

Sheldon va Jim Rish dunyo davlatlaridan Rossiya aktivlarining 5 foizini (taxminan 14 milliard dollarni) Ukrainaga berishga chaqirgan.

Kiritildi: 23:35 22.09.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!