Dunyodagi eng mashhur bloger Feliks PewDiePie Chelberg sayyoradagi eng kelishgan odam deb tan olindi. Har yili o‘tkaziladigan "Mustaqil tanqidchilar" reytingiga ko‘ra, shved mashhurlarning qolgan qismini ortda qoldirib, ro‘yxatning yuqori qismini egalladi.
Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi, BTS musiqa guruhi a’zosi Kim Txexen egalladi. Uchinchi o‘rin avstraliyalik aktyor Kris Xemsvortga nasib etdi. To‘rtinchi o‘rindan esa BTSning yana bir a’zosi – Chon Jonguk joy oldi. Britaniyalik aktyor Genri Kavill kuchli beshlikni tugatdi. Bundan tashqari, reytingga 40 mamlakatdan ko‘plab sportchilar, aktyorlar, modellar va musiqachilar kiritilgan.