Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Sayyoramizni eng ko‘p ifloslantirayotgan saytni bilasizmi?

Sayyoramizni eng ko‘p ifloslantirayotgan saytni bilasizmi?

USwitch energiya iste’molini taqqoslash platformasi tomonidan taqdim etilgan hisobotda 200 ta eng mashhur veb-sahifalarning uglerod izlari hisoblab chiqildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bunda xostingdan boshlab, shrift o‘lchami, tasvir, video va ranglar kabi saytning energiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar hisobga olingan.

Shu bilan birga, saytlarning uglerod izlari tahlili davomida bulutli va telekommunikasiya tarmoqlari, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari hamda qurilmalari tomonidan foydalaniladigan energiya ham inobatga olingan.

O‘rganishlar davomida yuzlab saytlar orasida sayyoraning ifloslanishiga eng ko‘p Reddit ko‘ngilochar sayti «hissa qo‘shayotgani» ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayt foydalanuvchining tarmoqqa bir marta kirishi uchun 13,05 gramm karbonat angidrid ajratadi — bu avtomobilda 5 kilometr yo‘l bosishga teng.

Havoning ifloslanishiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatadigan saytlar orasidan 12,43 va 11,43 gramm karbonat angidrid ko‘rsatkichi bilan mos ravishda Pinterest va Nintendo o‘yin platformasi o‘rin olgan.

Wikipedia esa internet tarmog‘idagi eng toza veb-saytga aylangan. Internet-ensiklopediya foydalanuvchining bir marta sahifaga kirishiga 0,04 gramm karbon dioksidini ajratadi. Energiya samarador ijtimoiy tarmoqlar qatoridan Linkedln va H&M moda gigantining sayti o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Reddit — ijtimoiy yangiliklar sayti bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar u yerga o‘zlariga yoqqan ma’lumotlarni joylashtirishi mumkin. Mazkur ijtimoiy tarmoqqa 2005 yilning 23 iyunida Virgin universitetining bitiruvchilari Stiv Xaffman va Aleksis Ogayan tomonidan asos solingan. Reddit foydalanuvchilarining 54 foizini AQSh aholisi tashkil etadi.

Kiritildi: 08:40 21.04.2021. O'qildi: 3230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!