Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Saylov2021.uz portali va mobil ilovasi ishga tushdi

Saylov2021.uz portali va mobil ilovasi ishga tushdi

Portal saylovchilarga o‘z saylov uchastkalarini ko‘rsatadi va odamlarni siyosiy jarayon haqidagi axborotlar bilan ta’minlab boradi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 2021 yilgi prezident saylovi uchun Saylov2021.uz axborot portali va “Saylov-2021” mobil ilovasi ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Komissiya matbuot kotibi Jaloliddin Usmonovga ko‘ra, portal va uning ilovasidan saylov bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni olish mumkin.

Axborot portali o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yuritiladi. Mazkur portalga shaxsga doir ma’lumotlarni kiritish orqali saylovchilar o‘z saylov uchastkalarini topishadi.

“Saylov-2021” mobil ilovasi o‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boryapti.

“Ilovaning asosiy vazifasi – saylov jarayonlari ishtirokchilari, saylov komissiyasi a’zolariga saylov qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashda yordam berishdir. “Saylov-2021” ilovasini mobil telefonga hozircha faqat Android tizimida yuklab olish mumkin.

Tez kunlarda ilovani iOS tizimi orqali ham yuklab olish yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan”, – dedi MSK rasmiysi.

Kiritildi: 22:28 31.07.2021. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!