Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

SAXAL “Hizbulloh” yetakchisining vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi

SAXAL “Hizbulloh” yetakchisining vorisi o‘ldirilganini tasdiqladi

Isroil harbiylari Hoshim Safi ad-Din uch hafta oldin Bayrutga hujum chog‘ida o‘ldirilganini ma’lum qildi. U o‘ldirilgan “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning vorisi bo‘lishi mumkin, deb yozadi BBC.

— Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh” ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safi ad-Din va guruh razvedka boshqarmasi qo‘mondoni Ali Husayn Hazima “Hizbulloh”ning boshqa qo‘mondonlari bilan birga o‘ldirilganini tasdiqlashi mumkin. Terroristlar taxminan uch hafta oldin Dahiya hududida uyushtirilgan zarbada yo‘q qilingan. Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh”ning oliy qo‘mondonlariga va Isroil fuqarolariga tahdid soladigan har qanday kishiga qarshi operasiyalarni davom ettiradi, - deyiladi SAXAL bayonotida.

Oktyabr oyi boshida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “Hizbulloh” yetakchilari yo‘q qilinganini e’lon qildi, biroq ularning ismini aytmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil xavfsizlik kuchlari Nasrullohning vorisi, shuningdek, guruhning “vorisining vorisi”ni o‘ldirgan.

3 oktyabrdan 4 oktyabrga o‘tar kechasi Bayrutning janubiy chekkasidagi Rafiq Haririy xalqaro aeroporti hududidagi “Hizbulloh” nishonlariga bir qator zarbalar berildi.

O‘shanda Nasrullohning amakivachchasi Hoshim Safi ad-Din hujum nishoniga aylangan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 22:55 23.10.2024. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!