SAXAL Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohning yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
SAXAL Hizbulloh yetakchisining o‘ldirilishi tafsilotlarini oshkor qildi.
"Aniq razvedka ma’lumotlari asosida Isroil havo kuchlari samolyotlari Bayrutning Dahiya tumanidagi turar-joy binosi ostida joylashgan Hizbullohning markaziy qarorgohiga hujum qildi.
Hujum Hizbullohning yuqori martabali rahbariyati shtab-kvartirasida Isroil davlati fuqarolariga qarshi terrorchilik faoliyati muvofiqlashtirilayotgan vaqtda sodir bo‘ldi", deyiladi xabarda.