Isroil armiyasi xabarida aytilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Eron yadroviy dasturida muhim bilim shaxslar hisoblangan va yadro qurolini ishlab chiqishda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan.
SAXAL zarbalari oqibatida halok bo‘lgan olimlar quyidagilar:
◾️ Faridun Abbosiy - yadro energetikasi sohasidagi ekspert;
◾️ Muhammad Mahdiy Tehranchi - fizik olim;
◾️ Akbar Mutaolibi Zoda - kimyo mashinasozligi sohasidagi mutaxassis;
◾️ Said Barji - materialshunoslik bo‘yicha ekspert;
◾️ Amir Hassan Fahahiy - fizik olim;
◾️ Abd al-Hamid Minuchehr - reaktorlar fizikasi bo‘yicha mutaxassis;
◾️ Mansur Asg‘ariy - fizik olim;
◾️ Ahmad Rizo Zulfiqoriy Daryoniy - yadro energetikasi sohasidagi ekspert;
◾️ Ali Bahuyey Katimiriy - mexanika sohasi bo‘yicha mutaxassis.