Urush boshlanganidan beri “Hizbulloh” Isroilga taxminan 1300 ta dron uchirgan, ulardan 231 tasi mamlakat hududiga kelib tushgan. Bu 82% muvaffaqiyatli mudofaani tashkil etadi.
So‘nggi oylarda “Hizbulloh”ning dronlarga mas’ul 127-qism qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bundan tashqari, “Hizbulloh” urush boshida mavjud bo‘lgan dronlar zaxiralarining taxminan 30 foizini saqlab qolgan. Isroil kuchlari tomonidan “Hizbulloh”ning dronlar saqlanadigan 54 ta obmori, 24 ta qanotli raketalar maydoni, 8 ta yig‘ish sexi va 7 ta omborga hujum qilingan.
Biroq SAXAL “Hizbulloh”ning havo bo‘linmasi a’zolariga hujum qilishga urinishlarni amalga oshirganicha yo‘q. Ayni paytda ushbu bo‘linma a’zolarining atigi 10 foizi yo‘q qilingan xolos.