Abduhalilov Abdurasul Abdurashidovich — Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1984 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mas’ul vazifalarda ishlagan. 2018 yildan hozirga qadar Bo‘stonliq tumani «HEAVEN’S GARDEN» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Abdurasul Abduhalilov, shuningdek, 2023 yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.