Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saudiyaning "Data-volt" kompaniyasi 3 milliard dollarlik investisiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshladi

Saudiyaning "Data-volt" kompaniyasi 3 milliard dollarlik investisiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshladi

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim boshlandi. Ushbu marosimda yurtboshimiz nutq so‘zlamoqda.

"Albatta, biz erishgan natijalarimiz bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelgusi 5 yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investisiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma ob’ektlarini ishga tushirib, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratamiz", – dedi Prezidentimiz.

Aholiga qulay shart-sharoit yaratish uchun "Yangi O‘zbekiston" massivlari va boshqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi.

IT, sun’iy intellekt va "buyumlar interneti" kabi yangi yo‘nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy super kompyuter klasteri va data-markazlar soni ko‘paytiriladi.

Ayni paytda Saudiyaning "Data-volt" kompaniyasi 3 milliard dollarlik investisiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshlagan. Bunday keng ko‘lamli ishlar elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oshiradi.

Shu bois, davlatimiz rahbari yaqin kelajakdagi rejalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 13:23. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!