Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Saudiyadan Turkiyagacha: AQShning yangi diplomatik safarlari boshlandi

Saudiyadan Turkiyagacha: AQShning yangi diplomatik safarlari boshlandi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio 11-16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Davlat departamenti xabarida aytiladi.

"Davlat kotibi Marko Rubio 11-14 may kunlari prezident (AQSh prezidenti Donald) Trampga Saudiya Arabistoni va Qatarda hamrohlik qiladi, u yerda prezident Qo‘shma Shtatlar va Fors ko‘rfazi bo‘yicha hamkorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga intiladi," - deyiladi hujjatda.

"Keyin 14-16 may kunlari davlat kotibi Rubio Antaliyaga (Turkiya) boradi, u yerda NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etib, alyans xavfsizligining ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, mudofaaga investisiyalarni ko‘paytirish va Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish masalalarini muhokama qiladi," - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 18:49 11.05.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!