Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Saudiyada ham Rojdestvo nishonlash boshlandimi?..

A A A
Saudiyada ham Rojdestvo nishonlash boshlandimi?..

Saudiya Arabistoni do‘konlarida Rojdestvo bayramiga mo‘ljallangan archa va bezaklar sotish boshlangan. "The New Arab" nashrining yozishicha, oxirgi yillarda bunday mahsulotlar savdosi poytaxt Riyozdagi do‘konlarga ham kirib bormoqda. 

“Buni Saudiya Arabistonida ko‘raman deb o‘ylamagandim, – deydi ismini aytishni istamagan mahalliy fuqaro archa, Santa-Klaus bezaklari va turli zarlar sotiladigan do‘konda. – Men taajjubdaman”

Uch yil avval Saudiya Arabistonida bunday mahsulotlarni ochiq-oydin sotish imkonsiz edi. “Oldinlari bunday narsalarni topish juda qiyin edi. Ko‘pgina do‘stlarim ularni Livan yoki Suriyada sotib olib, bu yerga yashirincha olib kelishardi”, – deydi livanlik Meri ismli ayol. 

Umar ismli do‘kondorning aytishicha, u nafaqat Rojdestvo, balki Xellounga mo‘ljallangan mahusulotlarni ham sotadi. Buni esa yurtidagi o‘zgarishlarning nishonasi sifatida ko‘radi.

Kiritildi: 18:14 21.12.2020. O'qildi: 2996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!