Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoniga ishga ketishdan avval o‘zbekistonliklar til kurslarida o‘qitiladi

A A A
Saudiya Arabistoniga ishga ketishdan avval o‘zbekistonliklar til kurslarida o‘qitiladi

Saudiya Arabistoniga ishga yuboriladigan o‘zbekistonliklarga til kurslari tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida Saudiya Arabistoni ish beruvchi korxona rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida mehnat faoliyatiga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ketishdan oldin Saudiya Arabistoni standartlari asosida xorijiy til va kasbga o‘qitish kurslarini tashkil etishga kelishib olindi.

Kiritildi: 20:59 05.02.2024. O'qildi: 2392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!