Saudiya Arabistoni shahzodasi Xolid bin Abdulloh Al Saud 85 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Qirollik sudi chorshanba kuni. Uning janoza namozi 14 yanvar kuni o‘qiladi.
Shahzoda Xolid ot sporti va otlarning zotlarini ko‘paytirish faoliyati bilan tanilgan. U 1980 yilda “Juddmonte farms” kompaniyasiga asos solgan.
“Juddmonte farms”ning bosh ijrochi direktori Duglas Erskine Krum shunday dedi: «Butun kompaniya katta yo‘qotishni his qilmoqda. Shahzoda Xolid doimo xotirjam, obro‘li inson sifatida yodga olinadi. U vaqt sinovidan o‘tadigan meros qoldirmoqda. Uning otlarning zotli naslini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uzoq muddat foydali bo‘ladi».
Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid al Maktum "Tvitter" orqali o‘z hamdardligini bildirdi:
«Shahzoda Xolid bin Abdulloh bin Abdul Rahmonning vafoti munosabati bilan Al-Saud oilasiga va dunyodagi barcha ot ixlosmandlariga hamdardligimni bildiraman” deb yozdi al Maktum.