Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida uchinchi xalqaro aviakompaniyani tashkil etilishi mumkin

A A A
Saudiya Arabistonida uchinchi xalqaro aviakompaniyani tashkil etilishi mumkin

Yaqin Sharqdagi yirik aviatashuvchi, jumladan Emirates, Etihad va Qatar Airways aviakompaniyalari bilan raqobatlashadigan RIA aviakompaniyasi tashkil etilayotgani haqida xabar tarqalgandan keyin, podshohlikda yana bir yangi aviakompaniya tashkil etilayotani haqida ma’lum qilindi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Saudia Airlines va RIA aviakompaniyalaridan farqli ularoq, 2022 yilning oxirida ochilishi rejalashtirilayotgan ushbu yangi aviakompaniya reyslarini Qizil dengiz sohilida bunyod etilayotgan kelajak shahri –Neomdan faqat xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlarni tashkil etishi kerak.

Bu yerda allaqachon aeroport faoliyat yuritmoqda. Iyun oyidan boshlab Saudia Airlines Ar-Riyod va Dubayga haftalik qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan. Kelgusida London, Parij va boshqa dunyo poytaxtlariga ham reyslar tashkil etiladi, deyiladi xabarda. 

Kiritildi: 08:46 18.09.2022. O'qildi: 1610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!