Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida ayollarga taksi haydash uchun ruxsat berildi

A A A
Saudiya Arabistonida ayollarga taksi haydash uchun ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ayollarga maxsus oilaviy taksilarda haydovchi bo‘lib ishlash uchun ruxsat berildi, deb yozadi «RIA Novosti» mahalliy OAVlarga tayanib.

Saudiya Arabistoni davlat transport agentligi bayonotiga ko‘ra, ayol taksichilar yo‘lovchilar orasida hech bo‘lmaganda bir nafar katta yoshli ayol bo‘lsagina, ularni olishi mumkin. Shuningdek, ularning old o‘rindiqqa erkak yo‘lovchilarni o‘tqizishi taqiqlanadi.

Oilaviy taksilarni ishlatish uchun lisenziya ro‘yxatdan o‘tgan transport kompaniyalariga beriladi. Ularga faqat Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan va tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega ayol kishilar haydovchilik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash imkonini beruvchi qirol farmoni kuchga kirdi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 19:04 23.11.2018. O'qildi: 4374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!