Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan muddatni uzaytirdi.
Mazkur qaror aeroport infratuzilmasi xavfsizligini tekshirish ishlarini to‘liq yakunlash maqsadida qabul qilingan.
«Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportning operasion faoliyati to‘xtatilgan muddat uzaytirilganini e’lon qiladi», — deyiladi idoraning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy bayonotida.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlarni uzaytirish aeroport ob’ektlarining xavfsizligi va ularning foydalanishga tayyorligini tekshirish bilan bog‘liq zarur tartib-taomillarni yakunlash uchun talab etilmoqda.
Ushbu ishlar tegishli vakolatli idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Hozircha aeroport faoliyati qachon to‘liq tiklanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.