Saudiya Arabistonida 2025 yilda rekord darajada ko‘p o‘lim jazosi amalga oshirildi, ularning aksariyati giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga taaluqli — BBC.
Buyuk Britaniyaning Reprieve inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti joriy yilda Saudiya Arabistonida kamida 347 kishi qatl etilganini qayd etgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilda 345 ta qatl amalga oshirilgan.
Qatl etilganlarning qariyb uchdan ikki qismi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan. 2023 yilda Saudiya Arabistoni hukumati giyohvand moddalarga qarshi urush e’lon qilgan.
Der Spiegel nashrining yizishicha, Saudiya Arabistoni kaptagon giyohvand moddasi savdosining eng yirik bozorlaridan biri bo‘lib, Suriya Bashar Asad davrida uning eng katta ishlab chiqaruvchisiga aylangan edi.
Repreive tashkiloti Saudiya Arabistonini “kuzatuvlar boshlanganidan beri eng qonli yilni boshdan kechirgan mamlakat” sifatida ta’rifladi. O‘lim jazolari soni bo‘yicha dunyoda faqat Xitoy va Eron Saudiya Arabistonidan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.