Saudiya Arabistoni va Qatar Suriyaning Jahon banki oldidagi 15 million dollarlik qarzini to‘laydi.
Bu haqda Saudiyaning SPA davlat axborot agentligi ikki davlatning qo‘shma bayonotiga tayanib xabar berdi.
“Saudiya Arabistoni va Qatar moliya vazirliklari Suriyaning Jahon banki oldidagi 15 million dollarga yaqin qarzini to‘lashini ma’lum qildi”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotda qayd etilishicha, ushbu qarzning qaytarilishi Jahon bankining Suriyaga yordamni qaytadan boshlashiga imkon beradi.