AQSh va Saudiya Arabistoni harbiy-dengiz kuchlari ishtirokida Yamandagi “Ansor Alloh” (hutiylar) harakatiga qarshi quruqlikdagi operasiya tayyorlanmoqda . Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Mintaqaviy diplomatik manbalar, janub va sharqda, so‘ngra qirg‘oq bo‘ylab boshlanadigan quruqlikdagi operasiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi.
Muvofiqlashtirilgan hujum, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Qo‘shma Shtatlarning Hodeyda portini qaytarib olishga urinishda dengiz qo‘llab-quvvatlashini ham o‘z ichiga olishi mumkin, dedi jurnalistlar.