Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni o‘zining "kelajak shahri"ni ta’minlay olmayaptimi?

Saudiya Arabistoni o‘zining "kelajak shahri"ni ta’minlay olmayaptimi?

Saudiya Arabistonining Neom mega-loyihasi neft narxining tushishi va byudjet imkoniyatlarining qisqarishi fonida rivojlanish rejalarini har tomonlama qayta ko‘rib chiqishni boshladi.

Financial Times manbalariga ko‘ra, loyihaning bir qancha yo‘nalishlari “cheklangan resurslar” kontekstida qayta ko‘rib chiqilgan. Neom - valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning mamlakat iqtisodiyotini diversifikasiya qilishga qaratilgan Vision 2030 dasturining flagmani.

Loyiha dastlab 1,5 trillion dollarga baholangan va Nyu-York shahridan 33 baravar katta bo‘lishi kutilgan edi. Biroq, rasmiylar hozirda Neom aholisi 2030 yilga borib rejalashtirilgan 1,5 million o‘rniga 300 ming kishidan kam bo‘lishini kutmoqda va 170 km "chiziqli shahar" dan atigi 2,4 km quriladi. Qizil dengiz kurortlari kabi alohida ob’ektlar ishga tushirilganiga qaramay, ko‘plab tashabbuslar, jumladan, 2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari uchun tog‘-chang‘i kurorti ham rejalashtirish bosqichida qolmoqda.

Neft narxining qulashi Saudiya Arabistoni iqtisodiga bosimni oshirdi, Brent neftining bir barreli narxi yil boshidan 20 foizga pasayib, 64,27 dollarga tushdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi qirollikka o‘z byudjetini muvozanatlash uchun bir barrel uchun 90 dollar kerakligi haqida ogohlantirmoqda. Shu fonda investisiya banklari, jumladan, Goldman Sachs ham mega-loyihalarni sezilarli darajada qisqartirish va keyingi tuzatishlarni bashorat qilmoqda.

Neom loyihasi ham kadrlar o‘zgarishiga duch keldi: 2024 yil noyabr oyida bosh direktor almashtirildi va janjallardan keyin bir nechta top-menejerlar o‘z lavozimlarini tark etishdi. Yangi rahbar Ayman al-Mudaifer valiahd shahzoda boshchiligidagi Suveren investisiya jamg‘armasi nazorati ostida loyihani amalga oshirishda davom etmoqda.

Kiritildi: 14:35 29.04.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!