Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni Trampning iltimosini yerda qoldirdi

Saudiya Arabistoni Trampning iltimosini yerda qoldirdi

Saudiya Arabistoni neft narxini Yevropa va Osiyo xaridorlari uchun oshirishga qaror qildi. Bu haqda The Moscow Times xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy nav Arab Light neftining narxi mart oyidan boshlab bir barrel uchun 2,4 dollarga oshiriladi. Bu 2022 yil avgustidan beri eng yuqori o‘sish hisoblanadi. O‘shanda Rossiya bosqinidan so‘ng asosiy nav bo‘lgan Brent neftining bir barreli 100 dollar atrofida sotilgandi.

Saudi Aramco xabariga ko‘ra, natijada Arab Light’ning bir barreli Ummon/Dubay neftlariga nisbatan 3,9 dollarga qimmatlashadi. Mart oyida Saudiyadan neft sotib olishni xohlagan Yevropa kompaniyalar uchun narx bir barrel uchun 3,2 dollarga oshiradi. Ammo, AQSh xaridorlar uchun narxning oshishi juda kichik — faqat 0,1–0,3 dollar bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Saudi Aramco xabaridan so‘ng neft narxi pasayishdan ko‘tarilishga o‘tgan: AQShning WTI navi taxminan 0,4 foizga oshib, bir barrel uchun mos ravishda 75 va 71,4 dollarni tashkil etgan.

Bozor AQSh prezidenti Tramp tomonidan boshlanishi mumkin bo‘lgan savdo urushi tufayli salbiy kutilmalarga duch kelmoqda. Bu urush jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Tramp o‘z administrasiyasiga Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish topshirig‘ini bergani haqida xabar tarqaldi. Biroq bu narxlarning pasayishini to‘xtata olmadi.

Kiritildi: 10:26 07.02.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!