Bu haqda Al-Monitor xabar berdi.
Saudiya Arabistoni payshanba kuni Qizil dengizda Husiylarning Bab al-Mandeb bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni cheklashga urinishlariga qarshi turishga qaratilgan yangi ko‘p millatli harbiy koalisiya tuzilganini e’lon qilishi mumkin.
Koalisiya shtab-kvartirasi Saudiya Arabistoni qo‘mondonligi ostida Ar-Riyodda joylashgan bo‘lishi rejalashtirilgan. Unda ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mamlakat, jumladan, AQSH, Misr, Pokiston, Turkiya, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Jibuti, Somali va Sudan taklif qilingan. AQShning ishtiroki bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, rasmiylarning ta’kidlashicha, Vashingtonning qo‘llab-quvvatlashi tashabbusning ishonchliligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Fransiya, Germaniya va Italiya biron bir majburiyat olishdan oldin AQShning qarorini kutmoqda. Ummonning Eron bilan aloqalarda vositachi sifatidagi roli tufayli koalisiyaga qo‘shilishi ehtimoldan yiroq deb hisoblanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari hali taklifnoma olmagan.