Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi 20 yildan ortiq komada yotganidan keyin vafot etdi

A A A
Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi 20 yildan ortiq komada yotganidan keyin vafot etdi

Saudiya Arabistonida "uxlab yotgan shahzoda" sifatida tanilgan shahzoda Al-Valid bin Xolid bin Talol al Saud 36 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning otasi, shahzoda Xolid bin Talol bin Abdulaziz X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

20 yildan ko‘proq vaqt oldin, yigit Londonda kadetlar korpusida o‘qiyotganda avtohalokatga uchradi. Boshidan og‘ir jarohat olgan Alvalid hech qachon o‘ziga kelolmadi. U Ar-Riyod klinikasida 20 yil komada yotdi.

Shifokorlar oilani shahzodaning ahvoli umidsiz ekanidan ogohlantirgan. Biroq, ota o‘g‘lini hayot ta’minotidan uzib qo‘ymaslikni talab qildi. Xolid ibn Talol, agar Xudo Al-Validni olmoqchi bo‘lsa, voqea sodir bo‘lgan paytda shunday qilgan bo‘lardi, deb ishondi.

OAV uning o‘limiga yurak tutilishi sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:15 20.07.2025. O'qildi: 4114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!