Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni qiroli pnevmoniya tufayli tibbiy tekshiruvga yuborildi

A A A
Saudiya Arabistoni qiroli pnevmoniya tufayli tibbiy tekshiruvga yuborildi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud pnevmoniya tufayli tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Bu haqda Saudiyaning SPA davlat agentligi ma’lum qildi.

"Qirol pnevmoniya tufayli ba’zi tibbiy ko‘riklardan o‘tmoqda", deyiladi qirollik idorasi bayonotida.

Bu oxirgi olti oy ichida 88 yoshli qirolda ikkinchi pnevmoniya holati.

May oyida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudning Yaponiyaga tashrifi qirolning betobligi tufayli zudlik bilan qoldirilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 10:27 07.10.2024. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!