Saudiya Arabistoni Livanga 40 million tonna gumanitar yordam jo‘natdi. Bu dori-darmonlar, oziq-ovqat va boshqa materiallarni o‘z ichiga oladi. Bu haqda 24.kz xabar berdi.
Saudiya qirolining shaxsiy yordam markazi vakili Abdulloh bin Abdulaziz Al-Rabiyaning aytishicha, bu yordam “Livanga yetkazilishi shart bo‘lgan majburiy choradir”. Chunki Livandagi vaziyat kundan kunga og‘irlashib bormoqda. Bungacha Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Iroq, Misr, Iordaniya, Ruminiya va Fransiya Livanga insonparvarlik yordami yetkazgan.