Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni ekstremistning Qur’oni karim nusxasini yoqqanini qoraladi

Saudiya Arabistoni ekstremistning Qur’oni karim nusxasini yoqqanini qoraladi

Saudiya Arabistoni shanba kuni Shvesiya hukumatini ekstremistga Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’oni Karim nusxasini yoqishga ruxsat berganini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Saudiya Arabistoni ekstremizm va nafratdan voz kechish bilan birga muloqot, bag‘rikenglik va birgalikda yashash qadriyatlarini yoyish muhimligini ta’kidlaydigan qat’iy pozisiyasi yana bir bor tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Stram Kurs” (Qattiq chiziq) partiyasi rahbari Rasmus Paludan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yonida Qur’oni Karim nusxasini yoqib yuborgani uchun vazirlik Shvesiyaning Anqaradagi elchisini chaqirganini ma’lum qilgan edi.

Stokgolm polisiya boshqarmasi Paludan shanba kuni Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida namoyish o‘tkazishga ruxsat olganini aytdi.

Kiritildi: 18:12 22.01.2023. O'qildi: 1768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!