Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Sasseks gersogi Britaniyani inson huquqlari borasida og‘iz ochish huquqidan mahrum qildi

Sasseks gersogi Britaniyani inson huquqlari borasida og‘iz ochish huquqidan mahrum qildi

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanoni ma’lum qildi, deb yozadi sputnikaf.

Unga ko‘ra, hukmron sulola a’zosi o‘zi o‘ldirgan 25 begunoh inson haqida shaxmat taxtasidagi donaday gapirayotgan davlat boshqalarga inson huquqlarini o‘rgata olmaydi.

Yaqinda vafot etgan qirolicha Yelizaveta II ning nabirasi shahzoda Garri o‘z memuar asarini chop etdi, unda u Britaniya harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan vaqtida Afg‘onistonda 25 kishini o‘ldirgani haqida yozgan.

U urushdagi ishtirokini AQShdagi 11 sentyabr teraktlari bilan oqladi. Hujum qurbonlari oilalari bilan uchrashuvlardan katta taassurot olganini aytadi.

Ammo o‘ldirilgan afg‘onlar haqida bunday his-tuyg‘ularni his qilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xuddi shaxmat taxtasidagi donalarni olib tashlashga o‘xshaydi.

Kiritildi: 21:13 19.01.2023. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!