Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sardoba fojiasidan jabrlangan fuqarolarga yangi xonadonlar qur’a tashlash natijasiga ko‘ra taqsimlanishi ma’lum qilindi

Sardoba fojiasidan jabrlangan fuqarolarga yangi xonadonlar qur’a tashlash natijasiga ko‘ra taqsimlanishi ma’lum qilindi

Sardoba fojiasidan jabr ko‘rgan va uylari buzilgan aholi uchun uch hududda 2 ming 640 ta xonadon qurib bitkazildi. «Yangi O‘zbekiston», «Navbahor» va «Do‘stlik» mahallalarida barpo etilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar fuqarolarga qur’a tashlash orqali taqsimlanadi. Bu haqda 29 oktyabr kuni viloyatga uyushtirilgan press-turda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov.

Mamatovning ta’kidlashicha, ko‘p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatlari imkoniyati cheklangan fuqarolarga beriladi. Xonadonlar shaffoflik va adolat mezoniga asosan taqsimlanadi.

«Mazkur ko‘p qavatli uylarni odilona va shaffof taqsimlashda avvalo nogironligi bo‘lgan fuqarolarimizga e’tibor qaratmoqchimiz. Mahalliy kengash va viloyat deputatlari bilan kelishgan holda imkoniyati cheklangan fuqarolarni birinchi va ikkinchi qavatga joylashtiramiz. Qolgan fuqarolarga xonadonlarni ajratib berishda adolatsizlik bo‘lmasligi uchun quticha yasalgan. Unda xonadonlar raqamlari yozilgan bo‘ladi. Fuqaro raqamni olganidan keyin ro‘yxatga imzo qo‘yadi va o‘sha raqamli xonadon uniki ekanligi rasmiylashtiriladi. Bularning barchasi videotasvirga tushiriladi.

Uylari talafot ko‘rgan fuqarolarning hujjatlari yashil va qizil yig‘ma jildlarga bo‘linadi. Yashil jilddagi fuqarolar xonadonlarni taqsimlashda o‘tkaziladigan qur’a tashlash jarayonida ishtirok eta oladi. Qizil yig‘ma jilddagi fuqarolarning hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng yashil yig‘ma jildga aylanadi va ularga ham xonadonlar qur’a tashlash orqali ajratiladi.

Shuni alohida aytish kerakki, suv toshqinigacha 170 dan ortiq oila 1 va 2 xonali uylarda yashagan. Ular qur’a tashlash vaqtida ishtirok etmaydi. Chunki ularga 3 xonali uylar to‘g‘ri kelib qolishi va adolat buzilishi, norozilik kelib chiqishi mumkin. Ularga mazkur tadbirning davomi sifatida boshqa kategoriyada uylar taqsimlanadi. Yuqorida aytganimdek, ular 1 va 2 xonali uyda istiqomat qilib kelishgan», — dedi Rahmat Mamatov.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri qur’a tashlash jarayoni qachon o‘tkazilib, uylar qancha muddatda topshirilishiga oid savolga ham javob qaytardi.

«Ayni paytda 1500 ga yaqin oila hujjatlari kamchiliksiz qo‘limizda turibdi. Biz qur’a tashlash jarayoniga tayyormiz. Ammo qurilish ishlari hali oxirigacha yakunlanmadi. Quruvchilar uylarni bekam-u ko‘st qilishgach, qur’a tashlanadi», — dedi Mamatov.

Kiritildi: 17:04 31.10.2020. O'qildi: 2146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!