Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"Sardoba" falokati: ayni damda nechta uy yaroqsiz holatda?

"Sardoba" falokati: ayni damda nechta uy yaroqsiz holatda?

AOKA huzuridagi shtabda vazirlik axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov «Sardoba» suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

O‘rganishlar natijasida 4 435 ta xonadon talofat ko‘rgani aniqlandi: shundan 2 390 ta — yaroqsiz va 2 045 tasi — ta’mirtalab holatda.

Uylarni ta’mirlash uchun — 4,6 milliard so‘m, obodonlashtirish ishlariga — 3,8 milliard so‘m sarflanadi.

Pudratchi korxonalar tomonidan 13 765 nafar ishchi va 722 ta maxsus transport vositalari jalb qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, uy-joylarni ta’mirlash uchun 4,8 ming tonna sement; 600 kv.m qurilish oynasi; 1,5 ming tonna ohak; 5,2 ming kub.m taxta; 32,3 tonna lok-bo‘yoq; 167,2 ming shlakablok; 13,7 ming kub.m qum; 15,1 ming kub.m. sheben; 213,2 ming kv.m profnastil; 16,7 tonna mix; 119,2 tonna armatura va boshqa zarur qurilish materiallari olib kelingan.

Sardoba tumanida 37 ta 1480 ta xonadonli ko‘p qavatli turar joy; Mirzaobod tumanida 20 ta 800 ta xonadonli, Mirzaobod tumanida 9 ta uy, 360 ta xonadon qurilish ishlari boshlangan.

Kiritildi: 17:04 02.06.2020. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!