Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Bugun, 7 noyabr kuni Saratov viloyati Ozinsk tumanida YTX sodir bo‘ldi.

Tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmasida yuk poyezdi “Saratov-Ulyanovsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. Avtobus ichida 7 kishi bo‘lgan.

Avariya oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti Qozog‘istonning Astraxandagi konsuli Qanat Shekkaliyevga tayangan holda ma’lum qilishicha, barcha halok bo‘lganlar - O‘zbekiston fuqarolari.

Ikki nafar jabrlanganlar, haydovchi va uning yordamchisi Qozog‘iston fuqarolari. Ular shifoxonaga yotqizildi.

Buyurtma avtobusi Saratov-Ulyanovsk yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari boshlandi.

 

Kiritildi: 17:45 17.11.2018. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!