Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Saqich chaynasa ro‘za ochiladimi?

A A A
Saqich chaynasa ro‘za ochiladimi?

SAVOL: Ro‘zador holatda saqich chaynash bilan ro‘za ochiladimi?

JAVOB: Ro‘zani xalqumdan ichkariga o‘tgan narsa ochishligi to‘g‘risida ko‘p bor to‘xtaldik. Saqichni ham chaynaganda undan biror narsa ajrab chiqib ichkariga ketsa, ro‘za ochiladi. Ichkariga ketmasa ro‘za ochilmaydi. Lekin saqich chaynash makruh hisoblanadi. 

Oq, avval chaynalib ajraydigan narsasi ajrab bo‘lgan, titilib ketmaydigan saqichni chaynash makruhdir. Lekin ro‘za ochilmaydi. Buning aksi bo‘lsa, ro‘za ochiladi. Yuqoridagidek qaydlashning sababi shuki, qora saqich, avval chaynalmagani, chaynasa titiladiganidan odatda ichkariga biror narsa ketib qoladi.

Qaysiki narsa odatda ichkariga ketib qoladigan narsalar jumlasidan bo‘lsa,  ro‘zani ochilganligiga hukm qilinadi. Odatda ichkariga yetadigan narsa aniq yetgan narsa kabidir. (Roddul Muhtor)

-  Ro‘zadorligi esida yo‘q qulog‘iga dori tomizsa ro‘zasi ochiladimi?

JAVOB: ro‘zadorligi esida bo‘la turib dori tomizsa ochiladi, esida yo‘q bo‘la turib tomizsa ochilmaydi.

Manba fiqh.uz

Kiritildi: 06:55 24.04.2020. O'qildi: 11511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!