Bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:20 da Yer yo‘ldoshi hisoblanmish Oy sayyoramizga maksimal masofada yaqinlashadi. Bu masofa 362 000 kilometrga teng bo‘ladi.
Oy va Yer o‘rtasidagi odatiy masofa esa 406 ming 700 kilometrga teng. Yer va Oy o‘rtasidagi maksimal yaqinlik jami 33 daqiqa-yu, 29 soniya davom etadi. Superoyning ko‘rinish diski 14 foizga kattaroq, 30 foizga yorqinroq kechadi.
XXI asrda Superoy yana ikki marta ko‘zga tashlanadi. Ularning biri 2034 yil 25 noyabrda (356446 km), ikkinchisi 2052 yil 6 dekabr (356425 km) da kuzatiladi.