Jumladan, avtomobillarni yuvish shoxobchalari soliqlar yig‘ish tizimidan qat’iy nazar (soliq yig‘ishning umumiy yoki soddalashtirilgan tartibi), hatto yagona soliqni to‘lagan bo‘lsa ham, ushbu soliqqa tortiladi.
Yuqoridagi farmonga ko‘ra, 1 oktyabrdan suv resurslaridan foydalanganlik uchun quyidagicha soliq to‘lanadi:
- Iqtisodiyotning barcha tarmoq korxonalari (2—6-bandlarda ko‘rsatilgan korxonalardan tashqari), tadbirkorlik faoliyati jarayonida suv resusrlaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar — yerusti suv resurslari manbalari uchun 98,2 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 124,8 so‘m;
- Sanoat korxonalari (3—6-bandlarda ko‘rsatilgan korxonalardan tashqari) — yerusti suv resurslari manbalari uchun 300,3 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 360,0 so‘m;
- Avtotransportlari yuvishga ixtisoslashtirilgan korxonalar — yerusti suv resurslari manbalari uchun 1000,0 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 1250,0 so‘m;
- Elektrostansiyalar — yerusti suv resurslari manbalari uchun 28,4 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 42,2 so‘m;
- Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari — yerusti suv resurslari manbalari uchun 53,9 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 69,7 so‘m;
- Alkogolsiz ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalar:
- alkogolsiz ichimlik ishlab chiqarish uchun foydalangan suv hajmi uchun — yerusti suv resurslari manbalari uchun 15 870 so‘m, yerosti suv resurslari manbalari uchun 15870 so‘m;
- boshqa maqsadlarda — yerusti suv resurslari manbalari uchun 98,2 so‘m, 124,8 so‘m.
Prezident 2019 yilgi davlat byudjetini shakllantirishda resurslardan foydalanish bo‘yicha soliq stavkalarini tanqidiy ko‘rib chiqishni topshirdi.
Manba: daryo.uz