Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sankt-Peterburgdagi xotira tadbirlariga o‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari taklif etildi

Sankt-Peterburgdagi xotira tadbirlariga o‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari taklif etildi

Ular 26-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi va Leningradning fashistik blokadadan to‘liq ozod qilinganining 79 yilligiga to‘g‘ri keladi.

Rossiya shimoliy poytaxti ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, bayram tantanasiga 50 dan ortiq faxriylar – O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Estoniyadan qamalda qolgan Leningrad aholisi keladi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov Toshkentga tashrif buyurib, mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda “Leningrad yodgorligi” poydevoriga kapsula qo‘ygan edi.

Yodgorlik qamalda qolgan Leningraddan evakuasiya qilingan aholini qabul qilgan o‘zbek xalqiga minnatdorlik belgisi sifatida yaqin kunlarda barpo etiladi.

Kiritildi: 15:16 19.01.2023. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!