Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sankt-Peterburgda Zelenskiy sog‘lig‘i uchun ibodat qilgan sekta faoliyati to‘xtatildi

Sankt-Peterburgda Zelenskiy sog‘lig‘i uchun ibodat qilgan sekta faoliyati to‘xtatildi

Sankt-Peterburgda Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari g‘alabasi uchun ibodat qilayotgan 70 nafar sekta guruhi qo‘lga olindi. Ular orasida oliy o‘quv yurtlari va maktab o‘qituvchilari ham bor.

Manbalarga ko‘ra, tashkilotning ehtimoliy rahbari sifatida Sankt-Peterburgdagi Ta’limni boshqarish instituti direktori tilga olingan.

Shuningdek, sekta a’zolari yig‘ilishlar davomida maxsus harbiy operasiyani ochiq tanqid qilgani aytilmoqda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Rossiya Qurolli Kuchlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ish bo‘yicha ayblanuvchilar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kiritildi: 22:24 27.12.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!