Sankt-Peterburgda kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi. U onasini o‘ldirib, jasadini oshxonaga yashirganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bogatirskiy prospektidagi uylardan birining kvartirasida janjal paytida o‘quvchi 42 yoshli onasini bir necha marta pichoqlagan, so‘ng jasadini oshxonaga yashirgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.
Ushbu holat bo‘yicha Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi "Qotillik" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi ayni damda qidirilmoqda.