Sankt-Peterburgda 61 kilogrammdan ortiq kokain musodara qilindi.
Bojxonachilar Ekvadordan kelgan dengiz yuki orasidan 50 ta oq kukunli o‘ramni topishgan.
Giyohvand moddalarning qora bozordagi taxminiy narxi — 500 mln. rubl (ya’ni 80 mlrd. so‘m)ni tashkil etadi.
Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlarga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.